Qoʻngʻiroqdan Koreyadagi yotoqxonagacha
Har bir bosqich alohida sahifada: nima qilinadi, qancha vaqt oladi va qaysi hujjatlar kerak. Qaysi bosqichda ekaningizni bilsangiz, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻshani oching. Hali boshlamagan boʻlsangiz, birinchi qadam bepul konsultatsiya.
Konsultatsiya va shartnoma
Telefon yoki ofisda 30–40 daqiqa: baholaringiz, til darajangiz, byudjet va maqsad. Mos dastur va shaharni aytamiz; qaror qilsangiz, K-Study bilan shartnoma tuziladi.
Nima kerak boʻladi
- Attestat yoki diplom nusxasi
- TOPIK yoki IELTS natijasi (boʻlsa)
- Taxminiy byudjet
- Shartnoma uchun pasport (18 yoshgacha boʻlsa, ota-onaning pasporti ham)
Hujjatlar topshirish
Roʻyxatni beramiz, siz yigʻasiz, biz tekshirib universitetga topshiramiz. Tarjima, notarius va apostilni bir joyda qilamiz, navbatda turish shart emas.
Nima kerak boʻladi
- Xorijiy pasport
- Attestat yoki diplom va ilovasi
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma
- 3×4 rasm, oq fonda, 6 dona
Universitet kontrakti toʻlovi
Universitet hujjatlarni koʻrib chiqib, kontrakt uchun invoys yuboradi. Natijaga asoslangan toʻlov tizimida bu talabaning birinchi toʻlovi.
Nima kerak boʻladi
- Universitet invoysi
- Qabul xati
- Toʻlov kvitansiyasi
Bank hisobi (KDB) va mablagʻ tasdigʻi
Elchixona hisobda maʼlum qoldiq borligini koʻrishi kerak. Hisob KDB bankida talaba yoki ota-ona nomiga ochiladi; qancha qoldiq va qachongacha kerakligini har bir qabul boʻyicha alohida aytamiz.
Nima kerak boʻladi
- Hisob ochiladigan shaxsning pasporti
- Ota-ona nomiga boʻlsa: qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat
- Bankdan ingliz tilidagi maʼlumotnoma
Elchixona vizasi va suhbat
Hujjatlar Toshkentdagi Koreya elchixonasiga topshiriladi. Koʻpincha suhbatga chaqirishadi: nima uchun Koreya, nima uchun shu universitet, oʻqishdan keyin nima qilasiz.
Nima kerak boʻladi
- Viza arizasi shakli
- Universitetning qabul xati
- Bank maʼlumotnomasi
- Konsullik yigʻimi kvitansiyasi
Bilet va parvoz
Viza chiqqach aviachipta olinadi: bu bosqichda chipta toʻlanadi. Uchishdan oldin yuk va hujjatlar boʻyicha roʻyxat beramiz.
Nima kerak boʻladi
- Aviachipta
- Pasport va viza
- Qabul xatining nusxasi
Koreyada kutib olish va joylashtirish
Inchxonda kutib olamiz va yotoqxonaga joylashtiramiz. Birinchi haftada ARC uchun ariza, telefon raqami va bank kartasi rasmiylashtiriladi.
Nima kerak boʻladi
- Yotoqxona tasdigʻi yoki ijara manzili
- Tibbiy sugʻurta
- ARC uchun rasm, 3,5×4,5
- Birinchi oy uchun naqd pul va xalqaro karta
Hujjatdan vizagacha
Hujjatlar
Diplom, til sertifikati va apostil: roʻyxat boʻyicha birga yigʻamiz, tarjima va tasdiqlashni kuzatib boramiz.
Pasport
Universitetga pasport nusxasi, elchixonaga pasportning oʻzi topshiriladi. Uning muddati butun oʻqish davriga yetishini oldindan tekshiramiz.
Viza
Elchixonadagi suhbatga birga tayyorlanamiz. Viza chiqqach, navbat chipta va Koreyada kutib olishga keladi.
Hujjatlarni birga tayyorlaymiz
Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.
Ariza qoldirish