Barcha dasturlarD-2-transfer
Koreya universitetiga transfer
Oʻzbekistondagi universitetning 1–2-kursidan Koreyadagi bakalavriatning 2- yoki 3-kursiga oʻtish. Oʻqilgan fanlar qisman hisobga olinadi.
- Viza turi
- D-2-transfer
- Davomiyligi
- 2–3 yil (qolgan kurslar)
Talablar
Akademik maʼlumotnoma (transkript) va oʻquv dasturi, TOPIK 4 yoki IELTS 6.0, kamida bir yil oʻqigan boʻlish.
Fanlarni hisobga olish
Koreya universiteti har bir fanni alohida koʻrib chiqadi, shuning uchun fan dasturlari (silabus) ingliz yoki koreys tiliga tarjima qilinadi. Odatda 30–60 kredit oʻtadi.
Til kursidan oʻtish
Koreyada D-4 vizasi bilan til kursida oʻqiyotgan boʻlsangiz, universitetga qabul qilingach vizani D-2 ga immigratsiya idorasida almashtirasiz. Uyga qaytib, qayta viza olish shart emas.
Hujjatlarni birga tayyorlaymiz
Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.
Ariza qoldirish