Barcha bosqichlar5-bosqich
Elchixona vizasi va suhbat
Hujjatlar Toshkentdagi Koreya elchixonasiga topshiriladi. Koʻpincha suhbatga chaqirishadi: nima uchun Koreya, nima uchun shu universitet, oʻqishdan keyin nima qilasiz.
Koʻrib chiqish odatda 2–4 hafta. Suhbatga chaqirilsangiz, oldindan ikki marta mashq qilamiz: bir marta oʻzbekcha, bir marta koreys yoki ingliz tilida.
Javoblarni yodlab olmang. Elchixona xodimi yodlangan matnni darrov sezadi; oʻz soʻzlaringiz bilan qisqa va aniq gapiring.
Nima kerak boʻladi
- Viza arizasi shakli
- Universitetning qabul xati
- Bank maʼlumotnomasi
- Konsullik yigʻimi kvitansiyasi
Hujjatlarni birga tayyorlaymiz
Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.
Ariza qoldirish