Asosiy mazmunga oʻtish
Ariza qoldirishMenyu

Bank hisobi (KDB) va mablagʻ tasdigʻi

Elchixona hisobda maʼlum qoldiq borligini koʻrishi kerak. Hisob KDB bankida talaba yoki ota-ona nomiga ochiladi; qancha qoldiq va qachongacha kerakligini har bir qabul boʻyicha alohida aytamiz.

Summa universitet, taʼlim yoʻnalishi va viza turiga qarab farqlanadi, shuning uchun saytda yagona summa koʻrsatmaymiz: har bir qabul boʻyicha amaldagi talablar asosida alohida maʼlumot beramiz.

Mablagʻ hisobda maʼlum muddat turishi kerak, maʼlumotnoma shundan keyin olinadi. Bu bosqichni hech kim batafsil tushuntirmaydi, shuning uchun har bir qadamni yozma ravishda beramiz.

Nima kerak boʻladi

  • Hisob ochiladigan shaxsning pasporti
  • Ota-ona nomiga boʻlsa: qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat
  • Bankdan ingliz tilidagi maʼlumotnoma

Hujjatlarni birga tayyorlaymiz

Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.

Ariza qoldirish