Maxfiylik siyosati
Qanday maʼlumot yigʻamiz
Ariza formasida: ism, telefon raqami, qiziqtirgan dastur, til sertifikati, viloyat va qulay aloqa usuli. Spamdan himoya uchun: IP manzil, brauzer turi, ariza yuborilgan sahifa va reklama belgilari (UTM).
Nima uchun
Siz bilan bogʻlanish va oʻqish boʻyicha maslahat berish uchun. Ariza tushganda ism va telefon raqami xodimlarimizning ichki Telegram guruhiga yuboriladi, shunda tezroq qoʻngʻiroq qilamiz.
Qancha saqlaymiz
Arizalar ikki yil saqlanadi, keyin oʻchiriladi. Oʻchirishni oldinroq soʻrashingiz mumkin: telefon orqali yoki ofisimizda murojaat qiling.
Cookie fayllar
Sayt faqat tanlangan tilni eslab qoladi. Botlardan himoya uchun Cloudflare Turnstile ishlatiladi.
Biometrik maʼlumot
Biz biometrik maʼlumot yigʻmaymiz. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.