Asosiy mazmunga oʻtish
Ariza qoldirishMenyu

Hujjatlar topshirish

Roʻyxatni beramiz, siz yigʻasiz, biz tekshirib universitetga topshiramiz. Tarjima, notarius va apostilni bir joyda qilamiz, navbatda turish shart emas.

Eng koʻp vaqt oladigani apostil: 5–10 ish kuni. Shuning uchun attestat va tugʻilganlik haqidagi guvohnomani birinchi kuni topshiramiz.

Pasport amal qilish muddati kamida 18 oy qolgan boʻlishi kerak. Muddat kamroq boʻlsa, avval pasportni yangilang.

Baʼzi universitetlar hujjatlarni koʻrgach onlayn suhbat oʻtkazadi. Unga ham oldindan birga tayyorlanamiz.

Tarjima, notarius, apostil va universitet ariza toʻlovi alohida xarajatlar. Ular tegishli tashkilotlarga bevosita yoki K-Study orqali, oldindan kelishilgan tartibda toʻlanadi, har bir xarajat boʻyicha tasdiqlovchi maʼlumot beriladi.

Nima kerak boʻladi

  • Xorijiy pasport
  • Attestat yoki diplom va ilovasi
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma
  • 3×4 rasm, oq fonda, 6 dona

Hujjatlarni birga tayyorlaymiz

Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.

Ariza qoldirish