Asosiy mazmunga oʻtish
Ariza qoldirishMenyu

Konsultatsiya va shartnoma

Telefon yoki ofisda 30–40 daqiqa: baholaringiz, til darajangiz, byudjet va maqsad. Mos dastur va shaharni aytamiz; qaror qilsangiz, K-Study bilan shartnoma tuziladi.

Konsultatsiya bepul. Ota-onangiz bilan kelsangiz yaxshi: pul va muddatlar haqidagi savollar odatda ulardan chiqadi. Oʻzingiz bilan attestat yoki diplom nusxasini olib keling, baholarni koʻrib, real variantlarni aytamiz.

Shartnomada xizmat qamrovi, toʻlov bosqichlari va qaytarish shartlari yoziladi. Uni uyga olib ketib, bemalol oʻqib chiqishingiz mumkin. Toʻlov tizimi natijaga asoslangan: dastlab universitet kontrakt toʻlovi qilinadi, qolgan xizmat xarajatlari va toʻlovlar shartnomada belgilangan bosqichlar asosida amalga oshiriladi.

Nima kerak boʻladi

  • Attestat yoki diplom nusxasi
  • TOPIK yoki IELTS natijasi (boʻlsa)
  • Taxminiy byudjet
  • Shartnoma uchun pasport (18 yoshgacha boʻlsa, ota-onaning pasporti ham)

Hujjatlarni birga tayyorlaymiz

Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.

Ariza qoldirish