Asosiy mazmunga oʻtish
Ariza qoldirishMenyu

Koʻp beriladigan savollar

Talabalar va ota-onalar bizga eng koʻp beradigan savollar, mavzular boʻyicha. Savolingizga javob topmasangiz, ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling.

Umumiy savollar

Koreys tilini bilmasam ham boʻladimi?

Ha. Til kursiga (D-4-1) sertifikatsiz qabul qilinadi, koʻpchilik shu yoʻldan boshlaydi. Ingliz tilidagi bakalavriat uchun IELTS 5.5 yetarli.

Shu savolga havola
Hujjat topshirishdan Koreyaga uchishgacha qancha vaqt ketadi?

Til kursi uchun odatda 3–4 oy, bakalavriat uchun 5–6 oy. Eng koʻp vaqtni apostil va bank hisobi bosqichi oladi.

Shu savolga havola
Qaysi shaharni tanlash yaxshi: Seulmi yoki boshqa shahar?

Seulda imkoniyat koʻp, lekin ijara va ovqat qimmat. Pusan, Tegu, Tejon va Kvanjuda yashash 20–30% arzon, kontrakt ham pastroq. Til oʻrganish uchun shahar unchalik muhim emas.

Shu savolga havola
Sizning litsenziyangiz bormi?

Ha, litsenziya raqamimiz: 312109909. Litsenziya va roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari shartnomada ham koʻrsatiladi. Shartnomani imzolashdan oldin uyga olib ketib, bemalol oʻqib chiqishingiz mumkin.

Shu savolga havola
Koreya universitetlari bilan qanday ishlaysiz?

K-Study Koreyadagi vositachilar orqali ishlamaydi. Biz Janubiy Koreya universitetlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri, hamkorlik shartnomalari asosida ishlaymiz. Xizmat haqidan vositachilarga hech qanday ulush ajratilmaydi.

Shu savolga havola

Hujjatlar

Apostil nima va u qayerda qilinadi?

Apostil hujjat Oʻzbekistonda rasman berilganini tasdiqlaydigan belgi. Uni hujjat turiga qarab tegishli davlat idorasi qoʻyadi: taʼlim hujjatlariga bir idora, FHDYo hujjatlariga boshqasi. Qaysi hujjat qayerga borishini biz bilamiz, topshirib, olib beramiz.

Shu savolga havola
Attestatdagi baholarim past boʻlsa-chi?

Til kursiga baribir qabul qilishadi, lekin elchixona baholarga qaraydi. Oʻrtacha baho 3 dan past boʻlsa, viza xavfi oshadi; bunday holda boshqa variantlarni ham ochiq aytamiz.

Shu savolga havola
Tarjimalarni oʻzim qilsam boʻladimi?

Tarjima notarius tasdigʻidan oʻtishi kerak, shuning uchun litsenziyali tarjimon qiladi. Oʻzingiz qilgan tarjimani notarius qabul qilmaydi.

Shu savolga havola

Toʻlovlar va xarajatlar

Umumiy xarajat qancha boʻladi?

Til kursining birinchi yili taxminan 14 000–16 000 dollar: toʻrt semestr kontrakti, yotoqxona, ovqat va transport, sugʻurta, chipta, hujjatlar va xizmat haqimiz. Taxminiy hisob narxlar sahifasidagi kalkulyatorda, sizga moslangan aniq hisob esa bepul konsultatsiyada.

Shu savolga havola
Bank hisobidagi pulni Koreyada ishlatsam boʻladimi?

Ha, bu sizning hisobingiz: elchixona faqat kerakli summa unda borligini tekshiradi. Summa universitet, taʼlim yoʻnalishi va viza turiga qarab farqlanadi, shuning uchun uni har bir qabul boʻyicha amaldagi talablar asosida alohida aytamiz. Koʻp talabalar shu pulni Koreyadagi birinchi oylar xarajatiga ishlatadi.

Shu savolga havola
Viza chiqmasa, pulim qaytadimi?

Bu shartnomada aniq belgilanadi. Natijaga asoslangan tarifda kelishilgan xizmat haqi shartnomadagi natija shartlariga muvofiq undiriladi; viza rad etilganda pulni qaytarish va qaytarilmaydigan xarajatlar shartnomada alohida koʻrsatiladi. Tarjima, notarial tasdiq, apostil va davlat toʻlovlari amalda bajarilgan xizmatlar uchun sarflangan mablagʻlar: ular avtomatik qaytarilmaydi, qaytarish tegishli tashkilotlar qoidalariga bogʻliq.

Shu savolga havola
Toʻlovni boʻlib-boʻlib qilsa boʻladimi?

Ha, toʻlov tizimi natijaga asoslangan: talaba dastlab universitet kontrakt toʻlovini amalga oshiradi, qolgan xizmat xarajatlari va toʻlovlar shartnomada belgilangan bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Namuna jadval narxlar sahifasida, sizning bosqich, summa va muddatlaringiz shartnomada yoziladi.

Shu savolga havola

Viza

Elchixona suhbatida nimalarni soʻrashadi?

Nima uchun Koreya va shu universitet, kim moliyalashtiradi, oʻqishdan keyingi reja. Baʼzan koreys tilida oddiy savol berishadi: ismingiz, yoshingiz, qayerdan ekaningiz.

Shu savolga havola
Avval rad javobi olgan boʻlsam, qayta topshirsa boʻladimi?

Mumkin, lekin avvalgi rad sababini tushunib olish kerak. Odatda 6 oy kutib, hujjatlardagi zaif joyni tuzatib topshiriladi. Rad xatini olib keling, birga koʻrib chiqamiz.

Shu savolga havola
Vizani qancha vaqtda berishadi?

Odatda 2–4 hafta. Mart va sentabr semestrlari oldidan navbat uzayadi, shuning uchun hujjatlarni ertaroq topshirgan maʼqul.

Shu savolga havola

Koreyada hayot

Koreyada oʻqib turib ishlasa boʻladimi?

Til kursida 6 oydan keyin, bakalavriatda birinchi semestrdan, immigratsiya idorasining ruxsati bilan. Haftasiga 10–25 soat, TOPIK darajasi va baholarga qarab.

Shu savolga havola
ARC nima?

Chet ellik fuqaroning roʻyxat kartasi. Kelganingizdan keyin 90 kun ichida olinadi; bank kartasi, telefon shartnomasi va ishlash ruxsati uchun kerak.

Shu savolga havola
Halol ovqat topish qiyinmi?

Seul, Pusan va Inchxonda halol doʻkon va oshxonalar bor, boshqa shaharlarda kamroq. Koʻp talabalar yotoqxonada oʻzi ovqat qiladi; baʼzi universitet oshxonalarida halol yoki goʻshtsiz taom bor.

Shu savolga havola

Ota-onalar uchun

Farzandimiz bilan qanday aloqada boʻlamiz?

Birinchi kundan koreys telefon raqami va internet boʻladi, Telegram va WhatsApp ishlaydi. Vaqt farqi 4 soat: Toshkentda 18:00 boʻlsa, Seulda 22:00.

Shu savolga havola
Koreyada biror muammo chiqsa, kimga murojaat qilamiz?

Birinchi yil davomida kasalxona, immigratsiya va yotoqxona masalalarida talabaga yordam beramiz. Ota-onalarga alohida menejer biriktiriladi: unga rasmiy telefon raqamlarimiz orqali murojaat qilasiz.

Shu savolga havola
Shartnoma kim nomiga tuziladi?

Talaba 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa, ota-onadan biri nomiga. 18 dan katta boʻlsa, talabaning oʻzi bilan, xohlasangiz ota-ona ham kafil sifatida imzolaydi.

Shu savolga havola

Hujjatlarni birga tayyorlaymiz

Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.

Ariza qoldirish