GKS davlat granti
Koreya hukumatining toʻliq granti: kontrakt, oylik stipendiya, aviachipta va bir yillik til kursi. Tanlov kuchli, tayyorgarlikni kamida yarim yil oldin boshlash kerak.
- Viza turi
- GKS
- Davomiyligi
- Til kursi 1 yil + oʻqish muddati
Talablar
Oʻrtacha baho 80% dan yuqori, 25 yoshgacha (bakalavriat) yoki 40 yoshgacha (magistratura), sogʻligʻi yaxshi. Aniq shartlar har yili NIIED eʼlonida chiqadi.
Ikki yoʻl
Elchixona yoʻli: hujjatlar Toshkentdagi Koreya elchixonasiga topshiriladi, odatda fevral–mart oylarida. Universitet yoʻli: toʻgʻridan-toʻgʻri tanlangan universitetga, muddatlari oʻsha universitetda.
Nimaga eʼtibor beriladi
Baholar, motivatsion xat va oʻqish rejasi, tavsiyanomalar. TOPIK yoki IELTS sertifikati qoʻshimcha ball beradi. Stipendiya miqdori har yili NIIED tomonidan eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni birga tayyorlaymiz
Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.
Ariza qoldirish