Bakalavriat (D-2-2)
Toʻrt yillik bakalavriat koreys yoki ingliz tilida. Qabul bahorda va kuzda, hujjatlar 5–6 oy oldin topshiriladi.
- Viza turi
- D-2-2
- Davomiyligi
- 4 yil
Talablar
Attestat yoki kollej diplomi, koreys tilidagi dasturlar uchun odatda TOPIK 3, ingliz tilidagilar uchun IELTS 5.5. Baʼzi universitetlar sertifikatsiz qabul qilib, birinchi yil til kursini shart qilib qoʻyadi.
Yoʻnalishlar
Koʻp tanlanadiganlari: biznes boshqaruvi, IT va kompyuter injiniringi, mexanika, xalqaro savdo, turizm, dizayn. Tibbiyot va farmatsevtika chet elliklar uchun juda kam joy ajratadi.
Kontrakt va grantlar
Bir semestr uchun 2 500 dan 4 500 dollargacha, yoʻnalish va shaharga qarab. Seuldan tashqaridagi universitetlar odatda arzonroq. Koʻpchilik universitetlar TOPIK darajasiga qarab birinchi semestrda 30–50% chegirma beradi, keyingi semestrlarda baholarga qarab.
Muhim
Hujjatlar koʻp: attestatning apostillangan nusxasi, notarial tarjimalar, motivatsion xat va oʻqish rejasi. Biz ularni birga tayyorlaymiz, lekin oʻqish rejasini talabaning oʻzi yozishi kerak: suhbatda shu haqda soʻrashadi.
Hujjatlarni birga tayyorlaymiz
Ariza qoldiring: menejer qoʻngʻiroq qilib, tanlagan yoʻlingiz boʻyicha hujjatlar roʻyxati va muddatlarni tushuntiradi.
Ariza qoldirish